Close


REKTOR TTJDAGI YOSHLARNING SHAROITI BILAN TANISHDI


Bugun, 24-sentabr kuni kechki payt Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlar bilan tanishishdi

Rektor talabalar bilan kechki dasturxon atrofida samimiy muloqot qildi. Talabalar bilan birga kechki ovqat tanovul qildi.

Talabalar turar joyi sharoiti bo'yicha yoshlarning fikr-mulohazalarini tingladi. Talabalarning intilishlari, orzu va maqsadlarini har doim qoʻllab-quvvatlashga tayyorligini bildirdi.

Maʼlumot uchun, binoda yoshlarga qulaylik yaratish va bo‘sh vaqtlarini mazmunli yo‘lga qo‘yish maqsadida "Besh tashabbus xonasi", “Rasmlar galereyasi”, “Psixolog xonasi”, “Yoshlar yetakchisi”, “Koordinatorlar xonasi”, “Maʼnaviyat xonasi”, “Til markazi” xonalari tashkil qilingan.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: