Close


REKTOR TURKIYANING BARTIN UNIVERSITETI VAKILLARI BILAN UCHRASHDI


#xalqaro_hamkorlik
 

Xabaringiz bor, bugungi kunda Urganch davlat pedagogika institutida xalqaro hamkorlik aloqalari keng yo‘lga qo‘yilib, ko‘plab xorijlik professor-o‘qituvchilar tomonidan o‘quv darslari tashkil etilib kelinmoqda.

Xususan, sentyabr oyida Xorijiy filologiya kafedrasi talabalariga Turkiyaning Bartin universiteti professori Neslixan Kose tomonidan ingliz tilini o‘qitish metodikasi fanidan ma’ruza mashg‘ulotlari olib borilmoqda. Darslar talabalar tomonidan katta qiziqish bilan tinglanmoqda.

Bugun institut rektori Feruza Madraximova mehmon Neslixan Kose bilan uchrashib, professorning OTMdagi faoliyatini uchun Bartin universiteti rahbariyatiga chuqur minnaddorchilik bildirdi. Har ikkala davlatlarning do‘stligi, taʼlim tizimi, xususan, institutdagi o‘quv jarayonlari va xalqaro hamkorliklar haqida o‘z fikr-mulohazalarini bildirib, tashakkurlarini izhor qildi.

©️UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: