BUGUN, 8-OKTABR KUNI URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTIDA “INNOWOMENWEEK-2024” IXTIROCHI XOTIN-QIZLARNING INNOVATSION HAFTALIGI DOIRASIDA “YANGI O‘ZBEKISTONNING OLIMA QIZIMAN” SHIORI OSTIDA “UCH AVLOD UCHRASHUVI” O‘TKAZILDI.
#INNOWOMENWEEK_2024
#Uch_avlod_uchrashuvi
Bugun, 8-oktabr kuni Urganch davlat pedagogika institutida “INNOWOMENWEEK-2024” ixtirochi xotin-qizlarning innovatsion haftaligi doirasida “Yangi O‘zbekistonning olima qiziman” shiori ostida “Uch avlod uchrashuvi” o‘tkazildi.
Uchrashuvda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, institut rektori Feruza Madraximova, “Olima ayollar” uyushmasi Xorazm viloyati bo‘limi raisi Munavvara Iskandarova, shuningdek, bir qator faxriy professorlar, fan doktorlari, magistrlar va iqtidorli talabalar ishtirok etdilar.
Tadbir davomida yurtimizda ta’limga, xususan, olima ayollarga qaratilayotgan e’tibor, shuningdek bu borada olib borilayotgan keng ko‘lamli islohotlar haqida fikr-mulohazalar bildirildi.
Uch avlod vakillarini o‘zida jamlagan hamda ma’rifat va ma’naviyat maydoniga aylangan uchrashuv so‘nggida viloyat hokimligi tomonidan sohada samarali faoliyat ko‘rsatayotgan bir guruh Ustozlar mehnati e’tirof qilinib taqdirlandilar.





©️UrDPI matbuot xizmati