#xushxabar
#jahon_chempionati
#oltin_medal
Xabaringiz bor, 2-6-oktyabr kunlari Tojikiston poytaxti Dushanbe shahrida dzyudo bo‘yicha yoshlar o‘rtasida jahon chempionati bo‘lib o‘tmoqda.
Dunyoning 60 dan ortiq mamlakatidan 450 nafarga yaqin sportchi qatnashayotgan mazkur musobaqada O‘zbekiston terma jamoasi ham katta tarkibda ishtirok etmoqda.
Quvonarlisi, jamoamiz tarkibida ishtirok etayotgan Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yoʻnalishi talabasi Muhammadsodiq Sodiqov (-100 kg) jahon chempionligi uchun kechgan bellashuvda yaponiyalik Nozomu Mikigani taslim etdi hamda oltin medalni qoʻlga kiritdi.
Muhammadsodiq Sodiqovning OLTIN medali evaziga onlayn jadvalda 67 davlat orasida 3-oʻringa koʻtarilib oldik!
Isteʼdodli, mehnatsevar va fidoiy talabamizning hamisha Vatanimiz bayrogʻini koʻklarga koʻtarishiga ishonamiz hamda doimo omad va zafarlar yor boʻlishini tilab qolamiz!


©️UrDPI matbuot xizmati