Bugun, 11-oktabr sanasida Urganch davlat pedagogika institutiga Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori Baxodir Sagdullayev boshchiligidagi masullar tashrif buyurdilar.
Xabaringiz bor, Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk markazi davlat muassasasi direktori hamda Urganch davlat pedagogika instituti rektori o‘rtasida hamkorlik memorandumi imzolangan edi. Hozirda hamkorlik doirasida bir qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Bugungi seminar-trening ham ushbu hamkorliklarning uzviy davomidir.
Seminar-trening davomida agentlikning intellektual mulk obyektlariga bo‘lgan huquqlarni muhofaza va himoya qilish sohasida yagona davlat siyosatini amalga oshiruvchi vakolatli davlat boshqaruvi organi ekanligi va uning faoliyati haqida mulohazalar bildirildi. Shuningdek, mehmonlar UrDPIda tashkil etilgan "Texnologiyalar va innovatsiyalarni qo'llab-quvvatlash markazi" faoliyati bilan tanishdilar.





©️ UrDPI matbuot xizmati