Close


UrDPI VAKILLARI TURKIYA DAVLATIDA BO'LIB O'TAYOTGAN XALQARO SIMPOZIUMDA ISHTIROK ETMOQDALAR


#xalqaro_hamkorlik
#Turkiya
 

Urganch davlat pedagogika instituti "Boshlang'ich ta'lim metodikasi" kafedrasi dotsenti A.Atajonova va o'qituvchi G.Avezovalar joriy yilning 7-8 oktabr kunlari Turkiya davlatining Ankara shahridagi Yunus Emre madaniyat markazida oʻtkazilayotgan hamda xalqaro turk madaniyatiga bag'ishlangan "Uluslararası Türk kültürü Sempozyumu"da oʻz maʼruzalari bilan ishtirok etdilar.

Simpoziumda Turkiya, O'zbekiston, Koreya, Shvetsiya, Ozarbayjon, Qozog'iston, Turkmaniston, Qirg'iziston kabi bir qator davlatlar vakillari ishtirok etdilar.

Simpozium davomida ishtirokchilar Ankaradagi Anitkabir ziyoratgohiga va Konya shahridagi Jaloliddin Rumiy maqbarasiga sayohat uyushtirdilar.
©️UrDPI matbuot xizmati
©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: