#Ijod_bayrami
Xabaringiz bor, “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimiz ardog'idagi ijodkorlar: jurnalist, yozuvchi, shoir Zokir Xudoyshukurov, yozuvchi, shoira, tarjimon hamda 300 dan ortiq qo'shiqlar matni muallifi Kavsar Turdiyeva, shoira va olima, “Shuhrat” medali hamda “Do'stlik” ordeni sohibasi Sayyora To'ychiyevalar bilan Xonqa tumanidagi 3-son maktabda hamda UrDPIning Boshlang'ich ta'lim fakultetida uchrashuvlar bo'lib o'tdi.
Ushbu uchrashuvlardan so'ng ijodkorlar Urganch davlat pedagogika instituti mas'ullari bilan birgalikda institutga tashrif buyurdilar hamda iliq kutib olindilar.
Tashrif avvalida mehmonlar ma'rifatparvar bobolarimiz siymolarini aks ettirgan ma'rifat go'shasi - "Jadidlar bog'i"ga tashrif buyurdilar hamda "Yashil makon" umummilliy loyihasi doirasida ko'chatlar ekdilar. Shuningdek, talabalar turar joyida yoshlar uchun yaratilgan shart-sharoitlar hamda OTM fayesida Tasviriy san'at va muhandislik grafikasi yo'nalishi talabalari tomonidan chizilgan suratlar ko'rgazmasi bilan ham yaqindan tanishdilar.





©️UrDPI matbuot xizmati