#Ijod_bayrami
Xabaringiz bor, “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimiz ardog'idagi ijodkorlar: jurnalist, yozuvchi, shoir Zokir Xudoyshukurov, yozuvchi, shoira, tarjimon hamda 300 dan ortiq qo'shiqlar matni muallifi Kavsar Turdiyeva, shoira va olima, “Shuhrat” medali hamda “Do'stlik” ordeni sohibasi Sayyora To'ychiyevalar
Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
Institut hududi va unda yoshlar uchun yaratilgan imkoniyat va shart-sharoitlar bilan yaqindan tanishilgach, ijodkorlar va talabalar uchrashuvi tashkil etildi.
Uchrashuv chin ma'noda ijod bayramiga aylandi. Unda ijodkorlarimizning ijod va ilm yo'llari haqida batafsil ma'lumotlar berildi, ularning ijodidan eng sara durdonalar tinglandi, hayot saboqlari tinglandi.







©️UrDPI matbuot xizmati