#xalqaro_hamkorlik
#Rossiya
Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutiga Rossiya Federatsiyasi Povoljya davlat jismoniy tarbiya, sport va turizm universiteti “Jismoniy madaniyat” kafedrasi professori, pedagogika fanlari doktori Zotova Firuza Raxmatullovna tashrif buyurgan edi hamda “Jismoniy madaniyat” kafedrasi mudiri O‘ktam Matnazarov hamrohligida institutning Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektori Diyorjon Abdullayev, O‘quv ishlari bo‘yicha prorektori Umarbek Sheripov, Xalqaro hamkorlik bo'limi boshlig‘i Jaloliddin Sa’dullayevlar bilan uchrashuv bo‘lib o‘tgan edi.
Uchrashuv davomida o‘quv, akademik va ilmiy sohalarda hamkorliklarni yanada kengaytirish, xususan, hamkorlikda ilmiy materiallar chop qilish, ta’lim sohasida o‘zaro tajribalar almashish, ilmiy dastur va loyihalarni tashkillashtirish kabi bir qator masalalar yuzasidan o‘zaro fikr-mulohazalar almashilgan edi.
Professor bir oy davomida institutimizning “Jismoniy madaniyat” yo‘nalishi talabalariga dars mashg‘ulotlarini oflayn va onlayn tarzda olib borilishi rejalashtirilgan. Ta'kidlash lozimki, darslar talaba-yoshlar tomonidan katta qiziqish bilan qabul qilinmoqda hamda ular mutaxassislik fanlridan bilim va ko‘nikmalarga ega bo‘lish bilan bir qatorda rus tilidan ham bilimlarini oshirib bormoqdalar.






©️ UrDPI matbuot xizmati