Close

OZARBAYJON UNIVERSITETI SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI DOTSENTI, ISPANIYA DUBLIN UNIVERSITETI DOKTORI FARAHILA BABAYEVA-SHUKUROVA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARIGA ONLAYN MA'RUZA O‘QIDI

Urganch davlat pedagogika instituti Filologiya va san'at fakulteti "Milliy g‘oya, ma'naviyat asoslari va huquq ta'limi" yo‘nalishi 221-222-guruh talabalariga Ma'naviy tarbiyaning tarixiy-nazariy asoslari fanidan "Ma'naviy tarbiya to‘g‘risida ilk tasavvurlar, qarashlar va ta'limotlar" mavzusida Ozarbayjon universiteti Siyosiy fanlar kafedrasi dotsenti, Ispaniya Dublin universiteti doktori Farahila Babayeva-Shukurova zoom dasturi orqali onlayn ma‘ruza o‘qidi.

Shuningdek, ma'ruzada Filologiya va sanʼat fakulteti dekani Z.Adilov, fakultetning O‘quv ishlari bo‘yicha dekan o‘rinbosari A.Niyozmetov, fakultet dotsenti M.Matquliyeva, tyutorlar M.Djumaniyozov va O.Sobirovlar ham qatnashdilar. 

Ispaniya Dublin universiteti doktori Farahila Babayeva-Shukurova, avvalo, debocha sifatida o‘zbek va ozarbayjon millatlarining qadim tarixga borib taqaladigan do‘stligi, bir-biriga o‘xshash urf-odatlari va o‘ziga xos an'analari haqida gapirib, ma'naviyatning shakllanishida jamiyat va xalqning o‘rni ham beqiyosligini ta'kidladi.

Doktor "Ma'naviy tarbiya to‘g‘risida ilk tasavvurlar, qarashlar va ta'limotlar" mavzusini juda yaxshi ochib berdi.

Ma'ruza barchada katta taassurot qoldirdi, talabalar o‘zlarini qiziqtirgan barcha savollarga batafsil javoblar oldilar. 

urspi.uz;OZARBAYJON UNIVERSITETI  SIYOSIY FANLAR KAFEDRASI DOTSENTI, ISPANIYA DUBLIN UNIVERSITETI DOKTORI FARAHILA BABAYEVA-SHUKUROVA URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI TALABALARIGA ONLAYN MA'RUZA O‘QIDI

Ulashish: