Close


"O'QITUVCHILARINING XORIJIY AMALIYOTIDA TA'LIMNING ZAMONAVIY TEXNOLOGIYALARI" MAVZUSIDA XALQARO ANJUMAN BO'LIB O'TDI


"O'qituvchilarining xorijiy amaliyotida ta'limning zamonaviy texnologiyalari" mavzusida xalqaro anjuman bo'lib o'tdi.


Bugun, 29-oktabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti professor-o'qituvchilari hamda talabalari shuningdek, institut talabalariga dars berayotgan xorijlik olim, Shadrinsk davlat pedagogika universiteti dotsenti, pedagogika fanlari doktori Sergey Sidorov Sergeylar "O'qituvchilarining xorijiy amaliyotida ta'limning zamonaviy texnologiyalari" mavzusidagi xalqaro anjumanda ishtirok etdilar.

Anjumanning bosh maqsadi xorijiy amaliyotda qo'llanilayotgan zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan yanada yaqindan tanishish va tajriba almashishdan iborat.

Anjuman O'zbekiston, Vyetnam, Rossiya, Kuba, Misr kabi davlatlardan olimlar, tadqiqotchilar va talaba-yoshlarni o'zida jamladi.

Ushbu anjuman ta’lim texnologiyalari sohasidagi yangi tajribalar bilan tanishish imkonini berdi va xalqaro hamkorlikni yanada mustahkamlashda yana bir muhim qadam bo'ldi.



©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: