Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI YIGʻILISHI BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yigʻilishi bo‘lib o‘tdi

 

Bugun, 30-oktabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 3-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengash avvalida Oliy attestatsiya komissiyasi xulosasiga ko'ra ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-oʻqituvchilarga diplomlar topshirildi.

Kengash davomida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2020-yil 27-fevraldagi "Pedagog ta'limi sohasini yanada rivojlantirish chora-tadbirlari toʻgʻrisida"gi PQ-4623-son qarorining institutdagi ijrosi, oliy ta'limdan keyingi ta'lim tizimiga qabul bosqichlari hamda tayanch doktoranturaga qabul jarayonlari va sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan axborotlar tinglandi. 



©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: