Ayni damda Urganch davlat pedagogika institutida “Fan, texnika va kasbiy ta’limda innovatsion texnologiyalar: muammo va yechimlar” mavzusidagi respublika ilmiy-amaliy anjumani bo‘lib o‘tmoqda.
Anjumanini institut rektori, pedagogika fanlari doktori Feruza Madraximova ochib berdi. Aniq va amaliy fanlar fakulteti tashkilotchiligida bo‘lib o‘tayotgan anjumanda Urganch davlat universiteti, Buxoro davlat universiteti, Buxoro davlat pedagogika instituti, Navoiy davlat pedagogika institutining professor-o‘qituvchilari, doktorantlari va magistrlari ishtirok etmoqdalar.
Anjuman quyidagi 4 ta sho‘baga bo‘lingan:
📎 1-sho‘ba — Aniq fanlarni o‘qitishda raqamli texnologiyalar;
📎 2-sho‘ba — Texnologik ta’limning rivojlanish istiqbollari;
📎 3-sho‘ba — Tasviriy san’at va chizmachilik fanlarini o‘qitishda ilg‘or xorijiy tajribalar;
📎 4-sho‘ba — Musiqa fanlarini o‘qitishda muammo va yechimlar.





©️ UrDPI matbuot xizmati