Urganch davlat pedagogika instituti rahbariyati, professor-oʻqituvchilari, talaba-yoshlari marafonda faol
Respublika bo‘ylab o‘tkazilayotgan maxsus profilaktik tadbirlarning ta'sirchanligini oshirish, huquqbuzarliklar hamda yo‘l-transport hodisalarining salbiy oqibatlari haqida tushuncha hosil qilish orqali aholining ogohligini kuchaytirish, shuningdek, sog‘lom turmush tarzini faol targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazilgan "Xavfsiz hayot uchun" velomarafonida erkaklar o‘rtasida faxrli 2-o‘rinni egallaganligi uchun Urganch davlat pedagogika instituti Pedagogika fakulteti talabasi Rahmonov Ollomurod Ilhom o‘g‘li II darajali diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlandi.
Talabamizga yangidan-yangi zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!!!


