UrDPI talabasi “Til bilimdonlari” Respublika tanlovida 1-o'rinni egallab, 8 million so'm egasi bo'ldi.
O‘zbek tiliga davlat tili maqomi berilganligining 35 yilligi hamda “O‘zbek tili bayrami kuni” munosabati bilan tashkil etilgan “Til bilimdonlari” respublika tanlovi o‘z nihoyasiga yetdi. Final bosqichining yakuniy natijalariga ko‘ra Urganch davlat pedagogika instituti talabasi Ro‘zmetova Barchinoy Lochinbek qizi 1-o'rinni egalladi.
2-o‘rin: Baratova Sarvinoz Sherbek qizi – ToshDO‘TAU talabasi;
3-o‘rin: Ulashova Dinara Mirvoxid qizi – QarDU talabasi;
4-o‘rin: Abdullayeva Nargis Farhod qizi – SamDCHTI talabasi;
5-o‘rin: Djumayeva Baxtiniso Turakulovna – TerDPI talabasi egalladi.
Tanlov g‘oliblari Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan diplom va 1-o‘ringa 8 million so‘m taqdim etildi.
Barchinoy Ro'zmetovani institutimiz jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz.
Olg'a UrDPI yoshlari!

©️ UrDPI matbuot xizmati