Close


“ENG FAOL YIL TALABASI” TANLOVINING INSTITUT BOSQICHI O‘TKAZILDI


“Eng faol yil talabasi” tanlovining institut bosqichi o‘tkazildi.

Joriy yil davomida o‘quv, ilmiy, ma’naviy-ma’rifiy yo‘nalishda faollik ko‘rsatib, yuqori natijalarga erishayotgan talabalar faoliyatini munosib rag‘batlantirish maqsadida an’anaviy tarzda o‘tkazib kelinayotgan “Eng faol yil talabasi” tanlovining institut bosqichi bo‘lib o‘tdi. 

Tanlovda talabalarning tanlagan nominatsiyasi bo‘yicha tayyorlagan taqdimotlari tanlov komissiyasi tomonidan nizom asosida baholanib, nomzodlarning yig‘ma jildlari tahlil etildi. Shuningdek, komissiya tomonidan nomzodning darslardagi faolligi, fanlarni o‘zlashtirish darajasiga ham alohida e’tibor qaratildi. G‘oliblar aniqlanib, 1-o‘rin sohiblariga respublika bosqichiga yo‘llanmalar berildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: