Close


UrDPI JAMOASI “BESH TASHABBUS OLIMPIADASI” DOIRASIDA XORAZM VILOYATIDAGI OLIY TA’LIM MUASSASALARI TALABALARI O‘RTASIDA O‘TKAZILGAN STRITBOL MUSOBAQALARI G‘OLIBI BO‘LDI


UrDPI jamoasi “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida  Xorazm viloyatidagi oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkazilgan stritbol musobaqalari g‘olibi bo‘ldi

Kuni kecha Urganch shahar “Yoshlik” sport majmuasida “Besh tashabbus olimpiadasi” doirasida oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning stritbol turi bo‘yicha musobaqalarning hududiy bosqichi o‘g‘il bolalar va qizlar o‘rtasida bo‘lib o‘tdi va unda institutimizning o‘g‘il bolalar jamoasi g‘oliblikni qo‘lga kiritib, keyingi bosqichga yo‘llanma oldi.

Ma’lumot uchun, 2-o‘rin Ma’mun-universiteti nodavlat oliy ta’lim muassasi hamda 3-o‘rin Toshkent tibbiyot akademiyasi Urganch filiali jamoalariga nasib etdi.

Jamoamiz Xorazm viloyati sport boshqarmasi tomonidan Sport vazirligining diplom va sport epikirovkalari bilan taqdirlandi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: