Close


UrDPIDA “SOG‘LOM OILA, SOG‘LOM TURMUSH TARZI” MAVZUSIDA TALABA-QIZLAR BILAN UCHRASHUV TASHKIL ETILDI.


UrDPIda “Sog‘lom oila, sog‘lom turmush tarzi” mavzusida talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Bugun, 25-noyabr sanasida Fuqarolik tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash markazi Xorazm viloyati bo‘limi rahbari S.Erjanova, Bolalar va oilalarni qo‘llab-quvvatlash assotsiatsiyasi Xorazm viloyati hududiy bo‘linmasi raisi K.Sobirova ishtirokida “Sog‘lom oila, sog‘lom turmush tarzi” mavzusida talaba-qizlar bilan uchrashuv tashkil etildi.

Uchrashuv davomida qizlarni turmushga tayyorlash, jamiyatda xotin-qizlarning o‘rni va rolini oshirish, sog‘lom oila va sog‘lom turmush tarzi, fuqarolik tashabbuslarini hamda oilalarni qo‘llab-quvvatlash borasida ma'lumotlar berildi. Uchrashuvni institut birinchi prorektori U.Xo‘jamurodov ochib berdi, shuningdek, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi S.Raximova, Aniq va amaliy fanlar fakulteti dekan maslahatchisi A.Raximovalar ham mavzu yuzasidan o‘z fikr-mulohazalarini bildirdilar.  

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: