Urganch davlat pedagogika instituti talabalari o‘rtasida O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasining qoidalari va tamoyillarini o‘rganish bo‘yicha olimpiada tashkil etildi.
Olimpiadada barcha fakultetlardan talaba-yoshlar saralab olinib, Yangi tahrirdagi O‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi asosida tuzilgan 50 ta savolga javob berdilar.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi ishtirokchilar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: Filologiya va tarix fakulteti talabasi Egamov Yusufboy;
2-o‘rin: Boshlang‘ich taʼlim fakulteti talabasi Samandarova Farangiz;
2-o‘rin: Filologiya va tarix fakulteti talabasi Narimboyeva Sadoqat;
3-o‘rin: Boshlang‘ich taʼlim fakulteti talabasi Davletova Ozoda.
G‘oliblar institutning Yoshlar masalalari va maʼnaviy-maʼrifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektor U.Xoʻjamurotov ishtirokida diplom va esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.
©️ UrDPI matbuot xizmati