Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 28-noyabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 4-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.
Kengash avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va ilmiy unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi.
Kengash davomida “2024-yil — Yoshlar va biznesni qo‘llab-quvvatlash yili” davlat dasturining institutdagi ijrosi, “4+2” dasturi asosida amaliyotlarning tashkil etilish jarayonlari, mustaqil izlanuvchilikka va tayanch doktoranturaga qabul yakunlari hamda sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar tinglandi.








©️ UrDPI matbuot xizmati