UrDPIda 3-dekabr — “Xalqaro nogironlar kuni” munosabati bilan viloyatdagi soha mas’ullari va yoshlar ishtirokida davra suhbati tashkil etildi.
Bugun, 3-dekabr sanasida Urganch davlat pedagogika institutida Xorazm viloyati Ko‘zi ojizlar maxsus kutubxonasi Foydalanuvchilarga xizmat ko‘rsatish bo‘limi mudiri A.Jonibekov, Urganch shahridagi Alohida ta’lim ehtiyojlari bo‘lgan (zaif eshituvchi) bolalar uchun ixtisoslashtirilgan 32-sonli maktab internati o‘qituvchisi, “Xalq ta’limi a’lochisi” ko‘krak nishoni sohibasi D.Ibodullayeva hamda “Pedagogika” kafedrasi mas’ullari ishtirokida yoshlar bilan davra suhbati tashkil etildi.
Davra suhbati davomida yurtimizda imkoniyati cheklangan insonlar uchun yaratilib berilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar, mutaxassislarning ish faoliyatlari va ushbu sohaga mas’ul tashkilotlar bilan oliy ta’lim muassasalarining hamkorliklari xususida fikr-mulohazalar bildirildi. Davra suhbati yakunida institut talabalari tomonidan madaniy dastur ham namoyish qilindi.
©️ UrDPI matbuot xizmati