UrDPIda Konstitutsiyaning 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi
Urganch davlat pedagogika institutida 8-dekabr – O‘zbekiston Respublikasi davlat Konstitutsiyasining 32 yilligiga bag‘ishlangan tadbir o‘tkazildi.
Tadbirni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi. Rektor o‘z nutqida qonunlarning jamiyat va inson hayotidagi ahamiyati, yangi tahrirdagi Konstitutsiyamizga kiritilgan o‘zgartirishlar, yurt kelajagi bo‘lgan yoshlarning huquqiy savodxonligini yanada oshirish haqida fikr-mulohazalarini bildirdi.
Institutning Milliy g‘oya va falsafa kafedrasi tashabbusi bilan tashkil etilgan ushbu tadbirda viloyat Adliya boshqarmasi vakillari va soha prorektorlari soʻzga chiqdilar. Shundan soʻng talaba-yoshlar tomonidan tayyorlangan sahnaviy va musiqiy chiqishlar namoyish qilindi, sheʼrlar oʻqildi.
Tadbir yakunida ushbu sana munosabati bilan o‘tkazilgan tanlovlar g‘oliblari taqdirlandilar.





©️ UrDPI matbuot xizmati