Close


UrDPI REKTORI "YIL AYOLI" MILLIY TANLOVINING VILOYAT BOSQICHI GʻOLIBI BOʻLDI


 UrDPI rektori "Yil ayoli" milliy tanlovining viloyat bosqichi gʻolibi boʻldi

Bugun Xiva shahridagi "Farovon" mehmonxonasida "Yil ayoli" milliy tanlovining Xorazm viloyat bosqichi gʻoliblarini taqdirlash marosimi boʻlib oʻtdi. Tadbirda viloyat hokimi oʻrinbosari Nigora Kutlimuratova ishtirok etdi va gʻoliblarni taqdirladi.

Tanlovda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova 1-oʻrinni qoʻlga kiritib, Xorazm viloyati boʻyicha "Yil ayoli" boʻldi va Respublika bosqichiga yoʻllanma oldi.

"Yil ayoli" tanlovi yurtimizning rivojlanishiga hissa qoʻshib kelayotgan, yuksak maʼnaviyatli, oilada farzand tarbiyasida ibrat boʻlishi bilan birga faoliyat koʻrsatayotgan tashkilot nufuzini oshirishda faol ishtirok etayotgan xotin-qizlarni qoʻllab-quvvatlash maqsadida tashkil etiladi.

Ustozni bugungi eʼtirof bilan institut jamoasi nomidan samimiy muborakbod etamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: