Close


UrDPI TALABASI QIT’A BIRINCHILIGI — OSIYO CHEMPIONATINING KUMUSH MEDALINI QO‘LGA KIRITDI


UrDPI talabasi qit’a birinchiligi — Osiyo chempionatining kumush medalini qo‘lga kiritdi

Tailandda bo‘lib o‘tayotgan kattalar o‘rtasidagi Osiyo chempionatining ayollar ishtirokidagi bahslari yakunlandi. Qit’a birinchiligining final bahslari yakunlariga ko‘ra ayollar terma jamoamiz 3 ta oltin, 4 ta kumush va 2 ta bronza medallarini qo‘lga kiritdilar. Quvonarlisi, ayollar terma jamoamiz qitʼa birinchiligining eng ko‘p finalini hal qilgan jamoa bo‘ldi.  

+81 kg vazn toifasida yurtimiz sharafini himoya qilgan Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Oltinoy Sotimboyeva final bahsida kumush medalni qo‘lga kiritdi.

Manba: O‘zbekiston boks federatsiyasining rasmiy kanali 

Oltinoyga doimo omad va zafarlar yor bo‘lishini tilab qolamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

 

Ulashish: