UrDPIning 2 nafar talabasi “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi hamda 1 nafar talabasi “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasiga munosib deb topildi
Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich taʼlim fakulteti talabasi Xusniya Otaboyeva va Filologiya va tarix fakulteti talabasi Gulasal Salayeva “Navoiy” nomli davlat stipendiyasi hamda Filologiya va tarix fakulteti talabasi Malika Matkarimova “Islom Karimov” nomli davlat stipendiyasiga munosib deb topildi.
Ma’lumot uchun, Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirining 2024-yil 11-dekabrdagi 464-sonli buyrug‘iga binoan, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti va nomli davlat stipendiyalari sovrindorlari e’lon qilindi.
Iqtidorli talabalarimizni va ularning ustozlarini ushbu e'tirof bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda yoshlarimizning yana ham o'z ustida ishlashga, tinimsiz izlanishga va bundan-da yuqori cho'qqilarni zabt etishlariga tilakdoshmiz!



©️ UrDPI matbuot xizmati