Close


MISRDA PARA SUZISH SPORT TURI BO‘YICHA BO‘LIB O‘TGAN JAHON SERIYASI MUSOBAQALARIDA UrDPI TALABASI OLTIN MEDALNI QO‘LGA KIRITDI


Misrda Para suzish sport turi bo‘yicha bo‘lib o‘tgan Jahon seriyasi musobaqalarida UrDPI talabasi oltin medalni qo‘lga kiritdi

Misrning Qohira shahrida Para suzish sport turi bo‘yicha Jahon seriyasi musobaqalari bo‘lib o‘tdi. Ushbu Jahon seriyasi musobaqalarida O‘zbekiston milliy terma jamoasi a’zosi, Urganch davlat pedagogika instituti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Azizbek Boynazarov oltin medalni qo‘lga kiritdi.

Ma’lumot uchun, ushbu musobaqalarda O‘zbekiston milliy terma jamoasi 6 ta oltin, 1 ta kumush, 1 ta bronza medallariga egalik qildi.

Yosh va iqtidorli sportchimizga yangidan-yangi omad va zafarlar tilab qolamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: