Close


UNVERSIADA 2024 SPORT MUSOBAQALARI GʻOLIBI BOʻLGAN UrDPI JAMOASI MUNOSIB KUTIB OLINDI


Unversiada 2024 sport musobaqalari gʻolibi boʻlgan UrDPI jamoasi munosib kutib olindi

Bugun respublika OTMlari oʻrtasida oʻtkazilgan "Universiada-2024" sport musobaqalarida faxrli 1-oʻrinni qoʻlga kiritgan UrDPIning gandbolchi qizlar jamoasi Urganch vokzalida institut masʼullari hamda yaqinlari tomonidan tantanali kutib olindi.

Maʼlumot uchun, jamoamiz tarkibida Gandbol boʻyicha O‘zbekiston terma jamoasi sardori, “Xalqaro toifadagi sport ustasi” va II-MDH o‘yinlari qizlar musobaqasining “Eng yaxshi o‘yinchi”si Sevinch Erkaboyeva hamda O‘zbekiston terma jamoasi a'zolari, “Xalqaro toifadagi sport ustasi” Zulayho Marimboyeva va “Xalqaro toifadagi sport ustasi” Shahrizoda Erkaboyevalar ham bor.

Biz siz bilan faxrlanamiz, hurmatli jamoamiz! Olgʻa, UrDPI!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: