Urganch davlat pedagogika institutida “Ma’rifat ulashib” loyihasi doirasida elimiz ardogʻidagi ijodkorlar va talabalar uchrashuvi tashkil etildi
Rektor bilan samimiy muloqot jarayonlaridan soʻng ijodkorlar va adabiyot ixlosmandlari uchrashuvi boʻlib oʻtdi.
Uchrashuvni institut rektori Feruza Madraximova ochib berdi hamda yoshlarni el nazaridagi insonlar hayoti va ijodidan ibrat olishga chaqirdi. Uchrashuv davomida Qoraqalpogʻiston xalq shoiri va Oʻzbekiston xalq yozuvchisi Kenesboy Karimov, “Shuhrat” medali sohibasi, shoira Sayyora Samandarova, Qoraqalpogʻiston xalq shoiri Xalila Davletnazarovlarning ijod va umr yoʻllari haqida gapirilib, talabalar tilidan ularning eng sara durdona asarlari tinglandi.
Oʻzbekiston xalq baxshisi Yetmishvoy Abdullayev kuylagan xalqimiz meroslari barchaga xushnudlik ulashdi. Tasviriy sanʼat va muhandislik grafikasi taʼlim yoʻnalishi talabalari tomonidan chizilgan mehmonlarning portretlari esa ayniqsa ijodkorlarda katta taassurot qoldirdi.






©️ UrDPI matbuot xizmati