UrDPIda iqtidorli talaba-qizlar va ularning onalari hamda buvijonlari bilan uchrashuv oʻtkazildi.
Bugun 25-dekabr sanasida Urganch davlat pedagogika institutida institut Xotin-qizlar maslahat kengashining tashabbusi bilan nomdor davlat stipendiyasi sohibalari, Kitobxonlik tanlovining respublika bosqichi ishtirokchilarining onalari, buvijonlari bilan uchrashuv tashkil qilindi.
Uchrashuvni institut Ilmiy ishlar va innovatsiyalar boʻyicha prorektori t.f.d., D.Abdullayev ochib berdi hamda yurtimizda yoshlarga yaratilayotgan imkoniyat va shart-sharoitlar haqida gapirib, talabalarni yanada olgʻa intilishga chaqirdi. Ularning ota-onalariga minnatdorchilik bildirdi.
Shuningdek, uchrashuv davomida Xotin-qizlar masalalari boʻyicha rektor maslahatchisi S.Raximova hamda Filologiya va tarix fakulteti Xotin-qizlar maslahatchisi I.Usmanovalar, onalar va buvijonlar ham oʻz fikr-mulohazalari bilan ishtirok etdilar.









©️ UrDPI matbuot xizmati