Institut Kengashining yil sarhisobiga bag‘ishlangan navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi
Bugun, 26-dekabr sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 5-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.
Kengash kun tartibida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2022-yil 21-iyundagi PQ-289-son Qarori 3.13-ilovasi bilan “2023-2026-yillarda UrDPIni rivojlantirishning maqsadli ko‘rsatkichlari” bo‘yicha 2024-yilda amalga oshirilgan ishlar to‘g‘risida hisobot ko‘rib chiqildi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 9-sentabrdagi “Respublika oliy taʼlim muassasalarida talabalarni turar joy bilan qamrab olish darajasini oshirish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 563-son qarori ijrosini o‘rganish to‘g‘risida, institutda kalendar yili ish rejasi bo‘yicha soha prorektorlari, rektor tasarrufidagi bo‘limlarning hisobotlari va yangi yildagi rejalar loyihasi yuzasidan hisobot va axborotlar tinglandi.


.jpg)




©️ UrDPI matbuot xizmati