Close


UrDPIDA 2024-YIL SARHISOBI VA 2025-YILDA AMALGA OSHIRILADIGAN ISHLARGA BAG‘ISHLANGAN TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI


UrDPIda 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlarga bag‘ishlangan tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbir davomida Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova 2024-yil sarhisobi va 2025-yilda amalga oshiriladigan ishlar boʼyicha nutq soʼzladi. Tadbirda oʼtayotgan yil davomida institut rivojiga hissa qoʼshgan professor-oʼqituvchilar va xodimlar taqdirlandilar.

Shu bilan birga, institut rahbariyati tomonidan barcha professor-o‘qituvchilar va barcha xodimlarga Yangi yil sovgʼalari tarqatildi, bayram munosabati bilan pul mukofotlari berildi. Tadbir soʼnggida kuy-qo‘shiqlar barchaga ko‘tarinki kayfiyat ulashdi.

 

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: