Close


UrDPI TALABASI XALQARO GANDBOL FEDERATSIYASI KUBOGINING OSIYO QITʼASI BOSQICHI OLTIN MEDALI SOHIBI


UrDPI talabasi Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qitʼasi bosqichi oltin medali sohibi

Hindiston davlatining Lakxnau shahrida gandbol bo‘yicha U-18 o‘smirlar va U-20 yoshlar jamoalari o‘rtasida Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining Osiyo qitʼasi bosqichi bo‘lib o‘tdi. Har bir yosh toifasida O‘zbekiston, Bangladesh, Qozog‘iston va Hindiston davlatlarining jamoalari o‘zaro bellashdilar.

Eʼtiborlisi, unda mamlakatimiz terma jamoalari raqiblaridan ustunligini to‘la isbotlashdi. Gandbolchilarimiz musobaqa davomida 5 tadan uchrashuv o‘tkazib, barchasida g‘alaba qozonishdi. Shu tariqa, gandbolchilarimiz Xalqaro gandbol federatsiyasi kubogining qitʼalararo bosqichi yo‘llanmasini naqd qilishdi.

Terma jamoa tarkibida Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Tojiboy Latipov ham O‘zbekiston terma jamoasi tarkibida g‘alabaga munosib hissa qo‘shdi hamda oltin medal sohibiga aylandi. Umidli sportchimizga qitʼalararo bosqichida ham omad va zafarlar tilab qolamiz!
 
Manba: Xorazm viloyati sport boshqarmasi axborot xizmati.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: