UrDPIda “Shuhrat” medali sohibi, taniqli bilimdon Azamat Matkarimov ishtirokida “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini tashkil etildi.
Urganch davlat pedagogika institutida kafedralar jamoalari o‘rtasida jami 9 ta turdan iborat bo‘lgan bilimlar bahsi — “Zakovat Quiz” intellektual o‘yini o‘tkazildi. Turnirga Zakovat intellektual klubi NNT Xorazm viloyati koordinatori, “Shuhrat” medali sohibi, taniqli bilimdon Azamat Matkarimov boshlovchilik qildi.
Yakuniy natijalarga ko‘ra quyidagi jamoalar g‘oliblikni qo‘lga kiritdilar:
1-o‘rin: “Tarix va geografiya” kafedrasining “Parlament” jamoasi;
2-o‘rin: “Milliy g‘oya va falsafa” kafedrasining “Intellekt” jamoasi;
3-o‘rin: “O‘zbek va rus tili adabiyoti” kafedrasining “Jadidlar” jamoasi.
G‘olib jamoalar diplom va kitoblar jamlanmasi bilan taqdirlandilar.





©️ UrDPI matbuot xizmati