Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI JAMOASI ISHTIROKIDA DONORLIK AKSIYASI OʻTKAZILADI!


Urganch davlat pedagogika instituti jamoasi ishtirokida donorlik aksiyasi oʻtkaziladi!

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Respublikada qon bilan ishlash xizmati muassasalari faoliyatini yanada takomillashtirish va aholi orasida begʻaraz donorlik harakatini rivojlantirish choralari toʻgʻrisida”gi PQ-348-son Qarori ijrosi yuzasidan Urganch pedagogika instituti professor-oʻqituvchilari, xodimlari va talabalaridan iborat volontyorlar guruhi shakllantirilmoqda.

Shu munosabat bilan institutda  joriy yilning 25-yanvar kuni “Yaxshilik albatta qaytadi” shiori ostida “Donorlik kuni” aksiyasi o‘tkaziladi.

Barcha koʻngilli volontyorlarni aksiyada faol ishtirok etishga chorlab qolamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: