UrDPI talabasi Universiada sport musobaqalari respublika bosqichining oltin medali sohibasiga aylandi
Xabaringiz bor, oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida sportning voleybol turi bo‘yicha Universiada musobaqalarining respublika bosqichi 5 kun davomida Buxoro viloyatida o‘tkazildi.
Mazkur musobaqalarda Urganch davlat pedagogika instituti Aniq va amaliy fanlar fakulteti Jismoniy madaniyat yo‘nalishi talabasi Madina Tojiboyeva ham Xorazm viloyati jamosi tarkibida faol ishtirok etdi hamda oltin medal sohibasiga aylandi.
Ma'lumot uchun, respublika bo‘yicha qiz bolalar jamoalari natijalari quyidagicha:
1-o‘rin: Xorazm viloyati;
2-o‘rin: Andijon viloyati;
3-o‘rin: Buxoro viloyati.
Manba: O‘zbekiston Respublikasi Sport vazirligi rasmiy kanali.
Mazkur musobaqalar davomida yosh sportchilar o‘z mahoratlarini namoyish etib, qiziqarli va murosasiz bahslarni taqdim etishdi. G‘olib va sovrindor jamoalarni tabriklagan holda iqtidorli talabamizga yangidan-yangi omad va zafarlar tilab qolamiz!





©️ UrDPI matbuot xizmati