Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI KENGASHINING NAVBATDAGI YIG‘ILISHI BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun, 28-yanvar sanasida Urganch davlat pedagogika instituti Kengashining navbatdagi 6-sonli majlisi bo‘lib o‘tdi. Unda institut rektori, Kengash raisi Feruza Madraximova hamda kengash aʼzolari ishtirok etdilar.

Kengash avvalida Oliy attestatsiya komissiyasining xulosasiga ko‘ra ilmiy daraja va unvon olgan professor-o‘qituvchilarga diplomlar topshirildi.

Kengash davomida Talabalarning TTJ va ijara xonadonlarida yashash sharoitlari, bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha masʼullar tomonidan amalga oshirilgan ishlar hamda institut tasarrufidagi Akademik litsey faoliyati, ijro intizomi, o‘quv-uslubiy, ilmiy va maʼnaviy-maʼrifiy sohalarda olib borilayotgan ishlar samaradorligi to‘g‘risida hisobotlar tinglandi. Shuningdek, sohaga oid boshqa qator masalalar yuzasidan hisobot va axborotlar berildi. 

Kengash yakunida institut professor-o‘qituvchilari tomonidan tayyorlangan bir qator darslik va o‘quv qo‘llanmalar Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining muvofiqlashtiruvchi Kengashiga tavsiya qilindi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: