Close


PREZIDENT TOPSHIRIG‘I IJROSI


Prezident topshirig‘i ijrosi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2024-yil 6-maydagi PF-73-sonli Farmonida belgilangan vazifalarning ijrosini ta’minlash maqsadida “Ta’lim muassasalarida yoshlar orasida psixofaol moddalarning noqonuniy aylanmasiga qarshi kurashish ishlarini tashkil etish mexnanizmlari to‘g‘risida”dagi uslubiy qo‘llanma taqdimoti Markaziy studiya tomonidan tashkil etildi. 

Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetining konferensiya zalida tashkil etilgan taqdimotda Qoraqalpog‘iston Respublikasi, viloyatlar va Toshkent shahrida joylashgan oliy ta’lim muassasalari, xususan Urganch davlat pedagogika instituti mas’ullari ham onlayn ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda OTMlarning Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektorlari va dekan o‘rinbosarlari, professor-o‘qituvchilar, tyutorlar, “Qalqon” guruhi a’zolari, profilaktika inspektorlari va psixologlar qatnashdi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: