UrDPIda bepul tayyorlov kurslarida o'qish istagini bildirgan murojaatchilar bilan uchrashuv tashkil etildi
Xabaringiz bor, Urganch davlat pedagogika institutida joriy yilning 1-fevral sanasidan ijtimoiy himoyaga muhtoj oilalar farzandlari uchun bepul tayyorlov kurslari tashkil etilmoqda.
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova ushbu kurslarda ishtirok etish istagini bildirgan murojaatchilar bilan uchrashdi. Uchrashuv davomida murojaatchilarga tayyorlov kurslari orqali umumta’lim fanlari bo‘yicha bilimlarini oshirish hamda fanlar kesimida belgilangan jadval bo‘yicha yuzasidan tushunchalar berildi.
O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev rahbarligida 2024-yil 13-dekabr kuni 2024-yilda ijtimoiy himoya sohasida amalga oshirilgan ishlar natijadorligi va 2025-yil uchun ustuvor vazifalar yuzasidan o‘tkazilgan videoselektor yig‘ilishida berilgan 60-son topshiriqlarning 6-bandida belgilangan vazifalar ijrosi yuzasidan.
Manzil: Urganch shahri, Gurlan ko‘chasi, 1-A uy. Mo‘ljal: “Rayhon” bozori yonida.
Murojaat uchun: O‘quv-uslubiy boshqarma (Asosiy bino, 2-qavat, 205-xona).
+998622291476





©️ UrDPI matbuot xizmati