Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTINING TASHABBUSI BILAN URGANCH SHAHRIDAGI YOSHLAR MARKAZI BINOSIDA ALISHER NAVOIY TAVALLUDINING 584 YILLIGI MUNOSABATI “NAVOIY QALBLARDA YASHAR ABADIY” NOMLI TANTANALI TADBIR BO‘LIB O‘TDI


Urganch davlat pedagogika institutining tashabbusi bilan Urganch shahridagi Yoshlar markazi binosida Alisher Navoiy tavalludining 584 yilligi munosabati “Navoiy qalblarda yashar abadiy” nomli tantanali tadbir bo‘lib o‘tdi

Tadbirning ochilish qismida Xorazm viloyati Ma’naviyat va ma’rifat markazi rahbari Bekzod Abdrimov, institut rektori Feruza Madraximova, O‘zbekiston Yozuvchilar uyushmasi a’zosi Qurbon Muhammadrizo so‘zga chiqdilar. 

Tadbirning badiiy qismidan Navoiyning “So‘z demay”, “Mubtalo bo‘ldum”, “Munojot”, “O‘ynar” g‘azallariga bastalangan qo‘shiqlar va raqslar ijrolari, “Navoiy siymosi” hamda “Mashvarat kechasi” mavzularida teatrlashtirilgan sahna ko'rinishlari, buyuk ijodkorning eng durdona satrlari ifodali o‘qilgan she’riy chiqishlar joy olgan.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: