UrDPIning ikkinchi bitiruvchi magistrlarining dissertatsiya himoyalari bo‘lib o‘tmoqda
Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova bugun 2022-2023-o‘quv yili qishgi qabulida qabul qilingan, talab darajasidagi xalqaro til bilish sertifikatiga ega bo‘lgan magistrantlarning dissertatsiya himoyalarini ochib berdi hamda institutning navbatdagi bitiruvchi magistrlariga mashaqqatli ilm yo‘li va sharafli pedagoglik faoliyatida omad va muvaffaqiyatlar tiladi.
Institutda magistratura mutaxassisligi dissertatsiyalari himoyalarini 70110101 — Pedagogika nazariyasi va tarixi (faoliyat turi bo'yicha) mutaxassisligi bitiruvchilari boshlab berdilar. Himoya jarayonlarida bitiruvchi talabalarning ishlari chuqur o‘rganilib, ular tomonidan qilingan izlanish va tadqiqotlar munosib baholab borilmoqda.
Ma'lumot uchun, mazkur magistrlar institutning ikkinchi bitiruvchi magistrlari bo‘lib, o‘tgan yilning iyun oyida ilk magistr bitiruvchilarning dissertatsiyalari himoyalari bo‘lib o‘tgan edi.
Bitiruvchi magistrlarimizni bugungi Ustozlar oldidagi yana bir muvaffaqiyatli himoya bilan samimiy muborakbod qilamiz hamda ilm yo‘lida aslo charchamang deb qolamiz!








©️ UrDPI matbuot xizmati