Close


ILMLI AYOL JAMIYAT KO‘ZGUSI


Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi

Bugun Urganch davlat pedagogika institutida 11-fevral - Ilm-fan sohasidagi ayollar kuni munosabati bilan “Ilmli ayol jamiyat ko‘zgusi” mavzusida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirda Xorazm viloyati hokimi o‘rinbosari Nigora Kutlimuratova, Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova va viloyatimiz OTMlarda faoliyat yuritayotgan ustoz olimalar, fan doktorlari, tadqiqotchilar, doktorant va magistrlar ishtirok etdilar.

Mehmonlar ishtirokidagi ma’ruzalar davomida mamlakatimizda xotin-qizlarga yaratilgan keng imkoniyatlar, ularning jamiyatdagi ijtimoiy-siyosiy faolligini oshirish, ilmiy hamkorlik va tashabbuskorlik muhitini yaratish borasidagi amaliy ishlarni yanada kuchaytirishga chaqirildi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: