Close


RESPUBLIKA KONFERENSIYASI


 

Respublika konferensiyasi

Ertaga, 12-fevral sanasida Urganch davlat pedagogika instituti tomonidan  “Taʼlim sohasida psixologik tadqiqotlar va boshlang‘ich taʼlimda innovatsion texnologiyalar” mavzusida respublika ilmiy-amaliy anjumani o‘tkazilishi rejalashtirilgan.

Respublika ilmiy-amaliy anjumanida respublikamizning bir qator oliy taʼlim muassasalaridan olimlar, professor-o‘qituvchilar, doktorantlar va magistrlarning ishtiroki kutilmoqda. 

Barchani soat 10:00 da institutning asosiy binosi "Konferensiyalar zali"da o‘tkaziladigan respublika ilmiy-amaliy anjumaniga taklif etamiz!

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: