Turkiyaning Ege universiteti dotsenti, “Okul encesi” (“Maktabgacha ta’lim”) bo‘limi mudiri Sibel Sonmer xonim Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdi.
Sibel Sonmer xonim dastlab, Turkiya tabiati, sanoati, mamlakatdagi ta’lim dargohlari va ularning xalqaro maydondagi nufuzi haqida ma’lumot berdi.
Xususan, Izmir shahrining go‘zalligi va u yerdagi “Qush jannati” deb nomlanadigan joyning maktab o‘quvchilarini jonli tabiat bilan yaqindan tanishtirish uchun olib boriladigan so‘lim tabiat go‘shalaridan biri ekanligi haqida ma’lumot berar ekan, ko‘z bilan ko‘rib, qo‘l bilan ushlab, analiz-sintez qilingan darsning sifati yuqori bo‘lishi haqida alohida to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, xushchaqchaqlik bilan maroqli hordiq chiqarish ham ta’lim sifatiga yaxshi ta’sir o‘tkazishi ta’kidlandi.
Ege universitetining tashkil qilinishi, uning tarixi va bugungi kundagi faoliyati haqida videorolik namoyish qilindi va bu barchada universitet haqida yanada kengroq tasavvur hosil bo‘lishiga yordam berdi.
Ma’lumot uchun, Ege universiteti haqida:
✔️ Universitetda 70 000 ga yaqin talaba tahsil oladi;
✔️ Kechqurun 12:00 dan keyin kutubxonadan foydalangan talabalar uchun bepul ovqat va ichimliklar tarqatiladi;
✔️ Maxsus “Karyera darslari” o‘qitiladi;
✔️ Mashhur va hayotda yutuqqa erishgan insonlar universitet talabalariga taqdimotlar qilib, ularga doimiy motivatsiya berib boradilar;
✔️ Avtomatlashtirilgan oliygohda o‘qituvchilar soni juda kam, talabalar soni ko‘p;
Oliygohlarning xalqaro hamkorliklari davomiy bo‘lishiga va bu hamkorlik har ikkala tomon uchun manfaatli bo‘lishiga ishonamiz!



UrDPI Matbuot xizmati