O‘QUV KURSI
UrDPIning ikki nafar xodimiga Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘yicha o‘quv kursi sertifikatlari topshirildi
Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vazirligi tomonidan oliy ta’lim muassasalarining devonxona mudirlari hamda ijro intizomi va murojaatlar bilan ishlash bo‘limlari boshliqlari uchun qisqa muddatli o‘quv kursi tashkil etildi. Mazkur o‘quv kursida Urganch davlat pedagogika institutining mas'ullari Shuhrat Rahimov va Dilrabo Bekberganovalar ham ishtirok etdilar.
O‘quv kursini muvaffaqiyatli tamomlagan tinglovchilarga maxsus sertifikatlar Oliy ta’lim, fan va innovatsiyalar vaziri birinchi o‘rinbosari Shohrux Daliyev tomonidan topshirildi.



©️ UrDPI matbuot xizmati