UrDPIda “Jaholatga qarshi-ma’rifat" hamda “Giyohvandlik - umr zavoli!” mavzularida viloyat mas’ullari va yoshlar uchrashuvi tashkil etildi
Bugun Urganch davlat pedagogika institutida Respublika din ishlari bo‘yicha qo‘mitaning bosh mutaxassisi O.Vayisov, Xorazm viloyati IIB xodimi E.Safayev, Urganch shahar Nuroniy jamgʻarmasi raisi O.Abdullayev, Urganch shahar xalq deputatlari kengashi bosh mutaxassisi F.Ramanova, institut profilaktika inspektori O.Zakirovlar ishtirokida uchrashuv boʻlib oʻtdi.
Pedagogika fakulteti Xotin-qizlar masalalari boʻyicha dekan maslahatchisi R.Abdullayevaning tashabbusi bilan oʻtkazilgan uchrashuv davomida so‘zga chiqqan mutaxassislar yoshlar ongida gʻoyaviy boʻshliq paydo boʻlishiga yoʻl qoʻymaslik, jaholat va zararli oqimlarning oldini olish, ilm-fan, kitobxonlik va tanqidiy tafakkurning jamiyat rivojidagi o‘rni haqida so‘z yuritishdi.






©️ UrDPI matbuot xizmati