Turkiyaning Nejmettin Erbakan universiteti vakillari UrDPIga keldilar
Bugun, 19-fevral kuni Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Turkiyaning Necmittin Erbakan universiteti professori Birol Merjan bilan uchrashdi.
Uchrashuv davomida joriy yilning oktabr oyida bo‘lib o‘tadigan Ipak yo‘li kongressi – Turkiya universitetlari bilan hamkorlikda bo‘lib o‘tadigan kongress doirasida amalga oshiriladigan ishlar belgilab olindi.
Shuningdek, shu yilning yoz oylarida UrDPIning iqtidorli talabalari uchun Turkiyaning Konya shahriga tashkillashtiriladigan stajirovka masalalari hamda professor-o‘qituvchilarning o‘zaro ilmiy hamkorliklari muhokama qilindi.
* Ma'lumot uchun, 2024-yilda Urganch davlat pedagogika instituti rektori Feruza Madraximova Turkiyaga tashrifi chog‘ida, Konya shahridagi Nejmettin Erbakan universiteti bilan hamkorlik memorandumi imzolab kelgan edi.







©️ UrDPI matbuot xizmati