UrDPI YOSHLAR MASALALARI VA MA’NAVIY-MA’RIFIY ISHLAR BO‘YICHA BIRINCHI PROREKTORI ISHTIROKIDA BRIFING
UrDPI Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori ishtirokida brifing
Urganch davlat pedagogika instituti Yoshlar masalalari va ma’naviy-ma’rifiy ishlar bo‘yicha birinchi prorektori Umarbek Xo‘jamurodov Rustamovich ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Institutda yoshlarni bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil qilish maqsadida 2024-yilda 500 ga yaqin ma’naviy-ma’rifiy, madaniy va turli sport va intellektual tadbirlar tashkil qilingan.
Yoshlar uchun “5 tashabbus markazi”, “Yoshlar markazi”, “Shaxmat xonasi”, “Galereya” xonalari, “Yosh sportchilar”, “Chevar qizlar”, “Mushoira” klubi, “Yosh kitobxon” kabi ko’plab to’garaklar, shuningdek, “Xorazm ashula va raqs ansambli“, “Nihol” talabalar teatr studiyasi hamda “Zakovat” klubi tashkil etilib, hozirda 3 ming nafarga yaqin talabalar ushbu markazlarga jalb etilgan.
2024-yilda institut talabalari xalqaro va respublika miqyosidagi bir qator ko‘rik-tanlovlarda ishtirok etib, faxrli o‘rinlarni egalladilar.
- 1 nafari viloyat hokimi stipendiyasi sohibi;
- 10 nafari xalqaro sport musobaqalari g‘olibi;
- 17 nafari respublika sport musobaqalari g‘olibi;
- 36 nafari boshqa yutuq va imtiyozlarga ega bo‘ldilar.