UrDPI KORRUPSIYAGA QARSHI KURASHISH "KOMPLAENS-NAZORAT" TIZIMINI BOSHQARISH BO‘LIMI BOSHLIG‘I ISHTIROKIDA BRIFING
UrDPI Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i ishtirokida brifing
Urganch davlat pedagogika instituti Korrupsiyaga qarshi kurashish "Komplaens-nazorat" tizimini boshqarish bo‘limi boshlig‘i Adilbek DJumaniyozov Xudaybergenovich ishtirokida brifing o‘tkazildi.
Institutda korrupsiyaga qarshi kurashish sohasini tartibga soluvchi 3 ta yo‘riqnoma, 2 ta nizom, 2 ta uslubiyot, 2 ta reglament va 1 ta “Korrupsiyaga qarshi kurashish Siyosati” kabi ichki hujjatlari tasdiqlandi.
Jamoa o‘rtasida korrupsiyaviy xavf-xatarlarning oldini olish maqsadida ular bilan muntazam ravishda profilaktik suhbatlar tashkil etib borish amaliyoti yo‘lga qo‘yildi. Ushbu yo‘nalishda ayniqsa ishga yangi qabul qilingan xodimlarni dastlabki ish kunidan “Halollik vaksinasi” bilan emlash ishlariga alohida e’tibor qaratilgan.
Joriy yil 7-dekabr kuni Vazirlik huzuridagi Talaba va o‘quvchilarning ijtimoiy faolligini oshirish markazi tomonidan viloyat OTM talabalari o‘rtasida o'tkazilgan “Huquq bilimdonlari” Respublika bilimlar bellashuvining viloyat saralash bosqichida institut talabasi Egamov Yusufboy eng yuqori ball bilan g‘oliblikni qo‘lga kiritdi va tanlovning Respublika bosqichida ishtirok qilish yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi.