Close


TALABALAR TURAR JOYLARIDA YARATILGAN SHAROITLARNI RESPUBLIKA ISHCHI GURUHI O‘RGANDI


     Talabalar turar joylarida talaba-qizlarga yaratilgan sharoitlarni o‘rganish bo‘yicha Berdaq nomidagi Qoraqalpoq davlat universiteti rektorining xotin-qizlar masalalari bo‘yicha maslahatchisi, Xotin-qizlar maslahat kengashi raisi I.Seytnazarova hamda O‘zbekiston davlat san’at va madaniyat instituti Nukus filiali Xotin-qizlar masalalari bo‘yicha direktor maslahatchisi O.Kdirniyazovalardan iborat Respublika ishchi guruhi Urganch davlat pedagogika institutiga tashrif buyurdilar.
    Ishchi guruhning maqsadi ta’lim muassasalarida va talabalar turar joyidagi talaba-qizlar uchun yaratilgan imkoniyatlar va shart-sharoitlarni o‘rganishdan iborat.

    Mehmonlar iliq kutib olindi va dastlab oliygohdagi talaba-yoshlarning ilm olishlari va yetuk mutaxassis bo‘lib yetishishlari uchun yaratilgan imkoniyatlar, zamonaviy shart-sharoitlar bilan institut Xotin-qizlar Maslahat kengashi raisi A.Atajоnova boshchiligida yaqindan tanishtirildi. Ayniqsa, “Sehrli qo‘llar” to‘garagi xonasiga mehmonlar tomonidan alohida qiziqish bildirildi.

    Shundan so‘ng, ishchi guruh talabalar turar joyiga va ijara xonadonlariga tashrif buyurdilar hamda talaba-qizlar uchun yaratilgan sharoitlarni o‘rgandilar. 

    Ta’kidlab o‘tish lozimki, o‘rganish davomida yutuqlar alohida e’tirof qilinib, kamchiliklar yuzasidan fikr-mulohazalar bildirilib, tavsiyalar berildi.

UrDPI Matbuot xizmati

Ulashish: