Close


URGANCH DAVLAT PEDAGOGIKA INSTITUTI VAKILLARI DUNYONING NUFUZLI TOP-200 TALIGIDA 163-O‘RINDA TURUVCHI AL-FAROBIY NOMIDAGI QOZOQ MILLIY UNIVERSITETIDA O'TKAZILGAN XALQARO ILMIY-NAZARIY KONFERENSIYADA ISHTIROK QILDI.


Urganch davlat pedagogika instituti vakillari dunyoning nufuzli TOP-200 taligida 163-o‘rinda turuvchi Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida o'tkazilgan xalqaro ilmiy-nazariy konferensiyada ishtirok qildi.

2025-yil 4-mart kuni Al-Farobiy nomidagi Qozoq Milliy universitetida Qozog‘iston xalq yozuvchisi Qadir Mirza Alining 90 yilligiga bag‘ishlangan “Qadir Mirza Alining ijodi hamda qozoq adabiyotining hozirgi tendensiyalari” mavzusida xalqaro ilmiy-nazariy konferensiya bo‘lib o‘tdi.

Mazkur xalqaro ilmiy anjumanda Urganch davlat pedagogika instituti Boshlang‘ich ta’lim metodikasi kafedrasi dotsenti, filologiya fanlari nomzodi G.Eshchanova  ilmiy ma’ruzasi bilan ishtirok etdi.

Ma'lumot uchun,  Qadir Mirza Ali – mashhur qozoq yozuvchisi, dramaturg, tarjimon va adabiyotshunos olim bo‘lib, u butun umri davomida qozoq adabiyotining rivojiga katta hissa qo‘shgan. Uning asarlari qozoq xalqining madaniy hayotini, urf-odatlarini va zamonaviy muammolarini aks ettirgan bo‘lib, milliy adabiyotning rivojida muhim o‘rin tutadi.

©️ UrDPI matbuot xizmati

Ulashish: